Sifatli ta'limni biz bilan boshlang

Maqsadimiz — bilim olmoqchi bo'lganlar va professional ta'lim beruvchilarni ishonchli muhitda birlashtirish.

Muammo: Ishonchsizlik va sifatsiz ta'lim

Bo'rttirilgan reklamalar va tajribasiz mutaxassislar sababli ko'pchilik o'zining vaqti va pulini yo'qotishadi.

Yechim: Xolis izohlar tizimi

Qarorni reklama emas, real tajriba belgilaydi.

Bizning platformada har bir kurs, o'qituvchi yoki o'quv markazi haqidagi eng ishonchli ma'lumotni — aynan shu kursda o'qigan insonlar beradi.

Agar siz tanlov.app orqali kurs topib o'qigan bo'lsangiz, albatta o'z izohingizni qoldiring:

  • Tavsiya eting: Agar darslar sifatli va o'qituvchilar professional bo'lsa, yaxshi izohingiz bilan boshqalarga to'g'ri tanlov qilishga yordam bering.
  • Ogohlantiring: Agar dars sifati, o'qituvchi tajribasi yoki dastur sizni qoniqtirmasa, bu haqida o'z fikringizni yozib, keyingi izlovchilarni xatodan asrab qoling.

Bu tizim to'laqonli ishlashi uchun vaqt kerakligini tushunamiz. Ammo sizning xolis izohlaringiz orqali biz yillar davomida shaffof, ishonchli va sifatli ta'lim muhitini birgalikda yarata olamiz.

Himoya: Qat'iy nazorat

Yolg'on ma'lumotlarga duch kelsangiz, tizim orqali shikoyat qiling. Biz har bir murojaatni o'rganib chiqamiz va ishonchsiz e'lonlarni chetlatamiz. Platforma tozaligini birgalikda saqlaymiz.

Katta o'zgarishlarni yolg'iz amalga oshirib bo'lmaydi

Biz shaffof platformani yaratdik, ammo uning haqiqiy kuchi — sizsiz. O'z tajribangiz bilan o'rtoqlashish va ishonchsiz e'lonlarga befarq bo'lmaslik orqali ta'lim sifatini birgalikda himoya qilamiz. Kelajak uchun ishonchli tanlov maydonini yaratishda bizga qo'shiling.